Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shofirkonda prokuratura xodimlari uchun yangi bino foydalanishga topshirildi
13:28 / 2021-06-05

Buxoro viloyati Shofirkon tumani prokuraturasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov, huquq sohasi faxriysi Davlat Sohibov so‘zga chiqishdi.

Ta’kidlanishicha, yurtimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Tuman prokuraturasi xodimlarini yangi bino ochilishi bilan qutlashdi. Sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi qayd etildi.

Tadbir qatnashchilari yangi binoda yaratilgan qulaylik va sharoitlar bilan tanishishdi.

Mazkur bino qurilishi Ahror Narziyev rahbarligidagi “Quvurta’mir” MCHJ bunyodkorlari tomonidan amalga oshirilgan. Qariyb 7 milliard so‘m mablag‘ sarflangan bino xalqaro andozalarga mos keladigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan hamda eng so‘nggi anjomlar bilan jihozlangan.  

Binoda tuman prokuraturasi bilan birga majburiy ijro byurosi hamda departamentning tuman bo‘limlari ham faoliyat olib borishadi. Xonalarga zamonaviy jihozlar, kompyuter jamlanmalari, internet tizimi, kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Zarif Komilov, O‘zA