Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shofirkon – “qoniqarsiz” hududning viloyat sanoatidagi ulushi 0,6 foizni tashkil etgan
17:30 / 2020-10-03

Buxoro viloyatining Shofirkon tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Jamoatchilik nazorati

Buxoro viloyatining Shofirkon tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi qaroriga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimi joriy etilgan va unga muvofiq, Shofirkon tumanidagi mavjud holat “qoniqarsiz” deb topilgan.

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 24-sentyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “qoniqarsiz” deb topilgan tuman, shahar rahbarlariga jamoatchilik oldida kamchiliklarni tan olib, uni bartaraf etish chora-tadbirlari haqida maʼlumot berishi zarurligi vazifasi topshirilgan edi.

Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolari, xalq deputatlari vakillari, Buxoro viloyati hokimligi masʼullari, tuman faollari, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etayotgan sessiyada sektor rahbarlari yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan aholiga murojaat qilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan vazifalar boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni taqdim etdi.

Shofirkon tumani nega “qoniqarsiz” hududga tushib qolgan? Tuman hokimi Shukurullo Hakimov buning sabablarini maʼlum qilib, undan chiqish boʻyicha rejasini bayon qildi.

– Haqiqatdan ham, Shofirkon tumani 2019-yil statistik koʻrsatkichlar reytingida viloyat miqyosida “qizil” hududga kirib qoldi, – dedi Sh.Hakimov. – Buning sababini har bir yoʻnalish boʻyicha tahlil qilganimizda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha past koʻrsatkichlar qayd etilganligini koʻrishimiz mumkin. Xususan, iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha hududiy sanoat mahsulotlari hajmi 2019-yilda 340 milliard 753 million soʻm boʻlib, aholi jon boshiga 1 million 941 ming soʻmga toʻgʻri kelgan, bu koʻrsatkich viloyat sanoatida 0,6 foizni tashkil etgan.

Mazkur yoʻnalish boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarimizga koʻra, joriy yil yakunida tumandagi qiymati 431,5 milliard soʻmlik 18 ta sanoat ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib, koʻrilgan chora-tadbirlarimiz natijasida hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilga nisbatan 161,2 foizga oʻsishi, aholi jon boshiga esa 3 million 174 ming soʻmdan toʻgʻri kelishi kutilmoqda.

Tumanning xalq isteʼmol mollari 100,9 foiz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari 102,6 foiz qurilish ishlari 106,6 foiz, chakana savdo aylanmasi 115,7 foiz va xizmatlar hajmi 146,2 foizga oʻsishi kutilmoqda. Shuningdek, 2019-yilda eksport hajmi 5 million 41 ming dollarni tashkil etib, aholi jon boshiga esa 29 dollardan toʻgʻri kelgan.

Ushbu yoʻnalishda tumandagi 13 ta korxonani eksport faoliyatiga jalb etish evaziga joriy yilning 9 oyi davomida jami 6 million 71 ming AQSH dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, tumanning yillik rejasini 76 foizga bajardik. Mazkur koʻrsatkich boʻyicha yil yakuni bilan yana 4 million 183 ming AQSH dollari miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan eksport hajmi esa 58 AQSH dollariga yetkazilishiga erishiladi.

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va diversifikatsiyasi koʻrsatkichlari yoʻnalishi boʻyicha 2019-yilda eksportga yoʻnaltirilgan sanoat mahsulotlari hajmi 4 million 593 ming AQSH dollarini, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlariga nisbati 13,1 foizni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yilda qoʻshimcha 4 ta sanoat ishlab chiqarish loyihasini eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirish natijasida qoʻshimcha 27 milliard soʻm yoki ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlariga nisbati 16,0 foiz boʻlishi kutilmoqda.

Ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlikni rivojlantirish sifat koʻrsatkichlari boʻyicha xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlik borasida asosiy kapitalga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi 619 milliard 651 million soʻm boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 24 milliard 800 million soʻmni tashkil etgan holda, umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 4,0 foizga yetadi.

2020-yil yakuni bilan tumanda 174 milliard 298 million soʻmlik jami investitsiyalar oʻzlashtirilishi belgilangan boʻlib, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 9 milliard 300 million soʻmni yoki 5,0 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Tumanda 2020-yil yakuniga qadar 11 ta sanoat ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilishi natijasida 120 milliard 640 million soʻmlik quvvatlar yaratilishi hisobiga, tumandagi kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarilgan mahsulotlardagi ulushi 2,8 foiz oʻsishiga erishiladi.