Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Shodlik” ko‘chasiga shodlik ulashib
15:21 / 2021-09-18

Farg‘ona viloyati Quva tumani “Rasta” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Shodlik” ko‘chasida yashovchi fuqarolarning elektr ta’minotiga oid uzoq yillik muammolari o‘z yechimini topdi.

Sababi hududda joylashgan transformator punktining o‘ta yuklama bilan ishlashi, hashar yo‘li bilan qurilgan tarmoqdagi kuchlanish pastligi mahalla ahliga anchagina noqulayliklar tug‘dirib kelayotgan edi.

Prezidentimizning 2016 yil 23 noyabrdagi «2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida»gi  qaroriga asosan tegishli loyihalar asosida mahallaning “Shodlik” ko‘chasiga yangi quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rnatildi. 2,4 kilometr uzunlikda yangi elektr uzatish tarmog‘i tortildi hamda foydalanishga topshirildi.

Yangi tarmoqqa ulangan mahalla ahli bugungi kunda bu kabi amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalardan mamnun.

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yana 4 dona xuddi shunday tarmoqlarni yangilash  ishlari olib borilmoqda.

M. Sulaymonov, O‘zA