Shodiyev Akbar Ashurovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Kichik biznes sub’ektlari buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil etish masalalari” mavzusida
Shodiyev Akbar Ashurovichning 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha “Kichik biznes sub’ektlari buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil etish masalalari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 26-sentyabr kuni soat 16.00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60 A-uy
Tel/faks: (99871) 234-53-34; (99871) 234-46-26
e-mail: info@tfi.uz