Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shmigal: Ukrainaga 2023 yilda 55 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ zarur bo‘ladi
12:46 / 2022-10-13

Bunga rekonstruksiya bo‘yicha loyihalar uchun 17 milliard dollar ham kiradi, dedi Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi tashkil qilgan konferensiyada onlayn-chiqish qilib.

"Ukraina kelgusida ham jiddiy moliyaviy yordamga muhtoj bo‘ladi. Biz 2023 yilda 55 milliard AQSH dollaridan ko‘proq mablag‘ haqida gapirmoqdamiz", – dedi u.

Shmigalning aniqlik kiritishicha, ko‘rsatilgan summaga byudjet tanqisligini yopish uchun oyiga 3,5 milliard dollar, shuningdek, “rekonstruksiya bo‘yicha  tezkor loyihalar”  uchun 17 milliard dollar ham kiradi.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy ham konferensiyada onlayn-chiqish qilib,  kelasi yilda mamlakatning byudjet tanqisligini yopish uchun 38 milliard dollar zarur bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyeva ham  2023 yilda Ukrainani tashqi moliyalashtirish uchun  har oyda 3-4 milliard dollar kerak bo‘lishini aytgan edi.