Rasmiy munosabat
Joriy yilning 23 iyul kuni 60 gradus issiqda chaqaloq bug‘doyzorga tashlab ketilgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 16:07 atrofida viloyat IIBning 102 raqamiga G‘ijduvon tumani “Ko‘lijabbor” MFY Ko‘hna Nayman qishlog‘ida joylashgan “Shukur To‘xta” fermer xo‘jaligining dala maydoni yoqasidagi (kapa) shiyponda shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola topib olinib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilganligi haqida xabar kelib tushgan.
Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan va kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Xabarda qayd etilishicha, hozirgi kunda ushbu shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bolalar sog‘lomlashtirish bo‘limida shifokorlar nazoratiga olingan bo‘lib, holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.
O‘zA