Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shirinlik 3 nafar ota aliment to‘lamagani sababli 15 sutkaga qamaldi
11:19 / 2022-03-01

Sirdaryo viloyati Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo‘limi tomonidan undiruv borasida jiddiy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Shirin shahar Nurobod mahallasida yashovchi ikka nafar farzandning otasi Sh.O. 2 oydan buyon farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lovlarini to‘lamaganligi uchun Majburiy ijro byurosi Shirin shahar bo‘limi tomonidan taqdim qilingan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish asosida sudning tegishli qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi.

Shuningdek, Farhod mahallasida yashovchi N.H. va M.I. ham bir nafar farzandi uchun aliment to‘lovlarini to‘lamay kelganligi, to‘lashdan bosh tortish holatlari kuzatilgani sababli sudning tegishli qaroriga ko‘ra fuqarolarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Fuqarolar keyinchalik takroran ikki oy davomida aliment to‘lovlarini to‘lamagan taqdirda jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Sh.Suyarov, O‘zA