Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shirinda uch avlod vakillari uchrashdi
18:09 / 2025-02-01

Shirin shahrida tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan, uzoq yillar el-yurt uchun samarali xizmat qilgan mehnat faxriylari, islohotlar muvaffaqiyati yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan o‘rta avlod vakillari hamda faol yoshlar ishtirokida "Uch avlod" uchrashuvi tashkil etildi.

Shirin shahar hokimligi, Mahallalar uyushmasining Shirin shahar bo‘limi tashabbusi bilan  tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar o‘zaro o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasida mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.  

Uchrashuvda mahallada keksalarning o‘rnini yanada oshirish, yoshlarga har jihatdan namuna bo‘lish, shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilish bo‘yicha fikrlar  bildirildi.

[gallery-21559]

– Yosh avlod keksa avlodning hayotiy tajribasini o‘rganadi. Bu esa ular hayotida nihoyatda muhim o‘rin tutadi,– deydi "Uch avlod" uchrashuvida ishtirok etgan O‘zbekiston Qahramoni,  mehnat faxriysi Mirzaahmad Shoyimov.– Chunki hayot tajribamizda juda ko‘p sinovlarga, qiyinchiliklarga duch kelib,  uni mashaqqat bilan yengib, katta yutuqlarga erishganmiz. Buni yosh avlod albatta bilishi kerak. Bugun o‘tkazilgan "Uch avlod"  uchrashuvida yoshlarga ko‘rgan va boshdan o‘tkazgan voqealarni gapirib berdik. Chunki bu kunlarga yetib kelishning o‘zi bo‘lmagan. Ota-bobolarimiz bu kunlarni ko‘p orzu qilishgan bo‘lsa-da,  ko‘risholmadi. Bugun yurtimizda katta o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari davom etyapti, Ta’lim olish, biron bir kasbning boshini tutish uchun barcha shart-sharoit mavjudligini yoshlarga, ya’ni  mustaqillik “meva”lariga tushuntirib berdik.

O‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor qaratilayotgani,  ta’lim olish uchun barcha sharoit yaratilayotgani,  davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha tizimlarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, bu ishlarga kamarbasta bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik bilan yashash yoshlarning burchi ekanligi ta’kidlandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri