Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shirinda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
12:34 / 2025-06-27

Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni faol hayotga jalb etish, bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi”da “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhar Olimova, O‘zLiDeP ning viloyat va shahar Kengashi mas’ul xodimlari, shahar Kengashi deputatlari, ishchi yoshlar hamda faol talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari, tashabbus va loyihalari tinglandi. Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, bunday uchrashuvlar yoshlarni jamiyat hayotidagi faol ishtirokchiga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

– Men yoshlar bilan bo‘ladigan har qanday uchrashuv va jonli muloqotlardan cheksiz kuch-quvvat va ko‘tarinki ruh olaman. Yoshlarning dilidagi orzu-intilishlaridan xabardor bo‘lish, ularni katta maqsadlar sari safarbar etish uchun ana shunday muloqotlar juda zarur, – dedi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi bosh direktori Bahrom Sabirov.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida mehnat va ta’limdagi faollikni oshirish, ishchi kasblarni ommalashtirish, korxonalarda yosh kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Shuningdek, ishlab chiqarishdagi zamonaviy texnologiyalar, stansiya faoliyati va energetika sohasidagi islohotlar haqida ham ma’lumot berildi.

Uchrashuv so‘ngida yoshlar deputatlar va rahbarlar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Ayrim yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash joizki, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini kengaytirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy loyihalardagi rolini oshirishga qaratilgan keng qamrovli platforma sifatida izchil davom etmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri