Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shirinda ko‘p tarmoqli sport majmuasi faoliyat boshladi
19:37 / 2024-02-19

FOTOREPORTAJ

Sirdaryo viloyati Shirin shahrining Mirzo Ulug‘bek mahallasida “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi asosida ko‘p tarmoqli sport majmuasi tashkil etildi. Buning uchun tadbirkor tomonidan qariyb 7 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Majmuaning tantanali ochilish marosimida sektorlar rahbarlari, sport sohasi vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Sport maskani musobaqalar o‘tkazish, yuksak malakali sportchilarni tayyorlash va eng asosiysi, yoshlarimizni ommaviy sport turlariga keng jalb etishga xizmat qiladi. 

Majmua ochilishi bilan sportning futbol, tennis, aralash jang san’ati turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi.

[gallery-16031]

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA