Navro‘z bayrami kuni Energetiklar shahri Shirinda to‘liq ta’mirdan chiqarilgan, jahon andozalariga mos, barcha sharoitlarga ega aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan yana bir maktab binosi foydalanishga topshirildi.
Ayni paytda ushbu ta’lim dargohida 5 ming nafardan ziyod talabgorlar ichidan saralab olingan 260 nafar o‘quvchiga 25 nafar oliy toifali, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya bermoqda.
[gallery-11100]
Maktabning tantanali ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etib, bu yerda yaratilgan shart- sharoitlar bilan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
- Endilikda yuksak cho‘qqilarga faqat chuqur bilim va zamonaviy texnologiyalar bilan erishish mumkin bo‘ladi,-dedi viloyat rahbari.-O‘ylaymizki Shirin shahridagi ushbu maktabning o‘quvchilari ham kelgusida mamlakatimizning ravnaqiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shadigan komil insonlar bo‘lib yetishadi.
Sh. Suyarov,Sh. Ortiqboyev, O‘zA