Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shirin shahrida bir guruh o‘quvchilarga maktab formalari berildi
14:25 / 2022-08-11

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida yashovchi bir guruh o‘quvchilarga yangi o‘quv yili oldidan quvonch ulashildi.

Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Otabek Donabayev, shahar sektor rahbarlari, soha vakillari, o‘quvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Unda bugungi kunda ta’lim, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z bordi. Shundan so‘ng, shahar sektor rahbarlari hamda Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan bir guruh o‘quvchi yoshlarga maktab formalari topshirildi. Tadbir davomida o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ushbu xiyobonning o‘zida arzonlashtirilgan maktab yarmarkasi ham bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, shahar bo‘yicha ko‘p farzandli oilalarda tarbiyalanayotgan jami 219 nafar o‘quvchiga davlat tomonidan maktab formalari beg‘araz tarqatilishi nazarda tutilgan.

Sh.Suyarov, O‘zA