Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Shirin” massiviga yangi yo‘l (video)
12:29 / 2025-10-18

Samarqand shahri bugun ulkan bunyodkorlik markaziga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yurtimizning barcha hududlari kabi ko‘plab turar-joy binolari qurilishi bilan birga yangidan yaxlit massivlarning barpo etilayotganligi Samarqandning xalqaro maydondagi nufuzini yanada ortishini ta’minlamoqda. Birgina Buyuk Ipak yo‘li xalqaro turizm markazining bunyod etilishi ko‘hna kentning xalqaro anjumanlar markaziga aylantirdi. Shu bois, bugun Qoradaryo bo‘yida barpo etilayotgan “Shirin” ishbilarmonlik markazining qurilishi ko‘plab ishbilarmonlarning diqqat markazida bo‘lib turibdi. 

[gallery-25786]

665 gektar maydonni egallagan bu hudud turar-joylar, ma’muriy va biznes markazlari, ta’lim, tibbiyot muassasalari, ko‘ngilochar maskanlar, shuningdek, zamonaviy transport hamda muhandislik kommunikatsiyalarini o‘z ichiga oladigan markaz Samarqand shahridan uzilib qolgan. Markazning bunyodkorlik ishlari shahar bilan bog‘lovchi yangi ko‘prik qurilishidan boshlandi. Ayni paytda yuqori sur’atlarda davom etayotgan ko‘prik qurilishi Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmasi asosida "Ko‘prikqurilish" aksiyadorlik jamiyati tomonidan bajarilmoqda. Loyiha qiymati 266 milliard so‘m bo‘lgan ko‘prikning uzunligi 295 metrni tashkil etadi. Ko‘prik 2026 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/EdXWpDBf3g8?si=c17fE3IsaeVFLug_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Alisher ISROILOV(surat,video),O‘zA