English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shirin kartoshkaning yangi navi yaratildi
13:01 / 2025-08-02

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik doirasida yana bir muhim natijaga erishildi.

Xususan, Koreyaning Seul universiteti hamda o‘zbek olimlari shirin kartoshka — batatning yangi, “chuchuk” navini yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Hozirda bu noyob nav O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirilmoqda.  

Shuningdek, yangi kartoshka turi ekologik va agrotexnik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Maqsad mazkur navni yurtimizda keng miqyosda yetishtirishga tayyorlash, mahalliy fermerlar va agrotexniklar uchun innovatsion yechimlar taqdim etishdir.

Hozirgi kunda ushbu yangi nav Urug‘chilikni rivojlantirish markazining Toshkent viloyatidagi elita urug‘chilik xo‘jaligiga ekilib, dastlabki tajriba-sinov ishlari boshlab yuborilgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA