Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shirin Amonzoda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati bilan tanishdi
13:17 / 2021-08-09

Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vaziri Shirin Amonzoda boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida o‘tkazilgan uchrashuvda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov, Agentlik boshlig‘i Xayrulla Umarov, Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vaziri Shirin Amonzoda va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mutaxassislarni qayta tayyorlash, xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni chet tillari va kasblarga o‘qitish, xorijda ularning haq-huquqlarini himoya qilish borasida mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Sh.Amonzoda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlik qilish orqali mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish hamda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv doirasida Shirin Amonzoda Agentlik faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish yuzasidan kelishib olindi.