French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shinjon: Turfon mo‘’jizalari (+video)
21:32 / 2024-12-26

O‘zbekiston xujjatli filmlari tarixida haligacha Shinjon haqida maxsus tasvirga tushirilgan kinolenta yo‘q edi. Jurnalist Muhammadjon Obidov rahbarligidagi ijodiy guruh bu ko‘hna yurtning Turfon shahri haqida hikoya qiluvchi xujjatli – publitsistik film yaratdi.

“Shinjon – Turfon mo‘’jizalari” filmiga O‘zbekistonning Oltiariq va Xitoyning Turfon uzumchi bog‘bonlari hayoti, faoliyati asos qilib olingan. Jurnalist Turfon uzumi plantatsiyalari, uni qayta ishlash korxonalari, yer osti suv yo‘li hamda qadimiy Yorg‘ul shahri xarobalari haqida his-hayajonli suhbatlar, qiziqarli hikoyalar keltiradi. Va O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik siyosati, Xitoyning barcha davlatlar bilan o‘zaro teng manfaatli munosabatlari ikki davlat hamkorligini yuksak maqomga olib chiqqanini oddiy insonlar hayoti misolida yorqin tasvirlar orqali ifodalay olgan.

Film “Farg‘ona haqiqati” gazetasi tahririyatining “Ko‘ngil” studiyasida Xitoyning “China news” axborot agentligining Shinjon filiali hamkorligida iqtidorli operator Elyor Olimov tomonidan tasvirga tushirilgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3h8gTyhG7CU" title="Shinjon: Turfon mo‘jizalari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘zA