Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shinjon sanoat qurilish korpusi delegatsiyasi Sirdaryoda bo‘ldi
21:21 / 2024-03-07

Bugun Xitoyning Shinjon sanoat qurilish korpusi komissari o‘rinbosari Lyu Sinszyan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Sirdaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan "Peng Sheng" O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda ishlab chiqarilayotgan qurilish va sanoat ashyolarining sifat darajasiga yuqori baho berdi. 

Korxona ma’muriyati bilan uchrashuv davomida Lyu Sinszyan ishlab chiqarish sohasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Ko‘plab sohalarda har ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yangi davri boshlangani e’tirof etilar ekan, erishilgan kelishuvlar, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik munosabatlari bilan kifoyalanib qolmasdan, uni yanada rivojlantirish masalasi muhokama etildi.

Xitoyning Shinjon sanoat qurilish korpusi komissari o‘rinbosari o‘z navbatida, ikki davlatning hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi., U bu yil ilk bor Xitoydan sifatli g‘o‘za urug‘lari keltirib, "Peng-Sheng" qo‘shma korxonasi dala maydonlarida sinov tariqasida ekishni taklif etdi.

[gallery-16304]

Shuningdek, uchrashuvda xitoylik mehmonlar "Peng-Sheng" qo‘shma korxonasida tayyorlanayotgan mahsulotlarni xarid qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. 

Shinjon sanoat qurilish korpusi va "Peng-Sheng" qo‘shma korxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev(surat), O‘zA muxbirlari