Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shingo Ueno: O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchimiz (+video)
17:02 / 2025-12-20

Ma’lumki, yurtimizda barcha muhim sohalar qatori energetika, sog‘liqni saqlash, inson kapitali yo‘nalishlarida ham keng qamrovli loyihalar izchil yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish mamlakatda ortib borayotgan energiya ehtiyojini qondirish uchun ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Ayni holat xalqaro hamkorlar bilan uzoq muddatli sheriklikni yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.

Yaponiyaning ”Sumitomo” korporatsiyasi ijrochi direktori Shingo Ueno yurtimizda energiyani qayta tiklashga qaratilgan loyihalar faol amalga oshirilayotganidan xabardorligini ta’kidladi. Bu jarayonda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan tez yordam avtomashinalari yetkazib berish masalasi muhokama qilinayotganiga urg‘u berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashabbusni ilgari surish maqsadida JBIC moliyaviy instituti bilan muzokara olib borilyapti.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ex2Au-vQ1GE" title="Shingo Ueno: O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishgahissa qo‘shmoqchimiz" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dilshod Hakimov,

Yoqub Meliboyev (video),

O‘zA