Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shimoliy Yevropa mamlakatlari Ukrainaga yordam berishda davom etadi
15:13 / 2023-12-13

Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Islandiya Ukrainaga har tomonlama yordam ko‘rsatish, jumladan ushbu mamlakatni iqtisodiy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi, deyiladi Shimoliy Yevropa mamlakatlari yetakchilarining “Financial Times” gazetasida e’lon qilingan qo‘shma maktubida.

Ushbu bayonot Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen, Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gar Styore, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo, Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson va Islandiya Bosh vaziri Katrin Yakobsdottir nomidan yozilgan.

Hujjatda, jumladan shunday deyilgan:

– Biz, Shimoliy Yevropa mamlakatlari Ukrainaga har tomonlama ko‘maklashish, jumladan mamlakatni iqtisodiy va harbiy qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtamaymiz. Oddiy aholiga eng zarur gumanitar yordam ko‘rsatish va sharoit imkon berganda Ukraina jamiyati qayta tiklanishiga hissa qo‘shish uchun moliyaviy rag‘batni davom ettiramiz.