“Shimoliy oqim-2” gaz tarmog‘i sinovdan o‘tkazilish uchun gazga to‘ldirildi
“Shimoliy oqim-2” gaz tarmog‘ining dastlabki yo‘lidagi quvur gazga to‘ldirildi.
Bu haqda “Nord Stream-2” operator-kompaniyasi ma’lum qilgan.
“Ilk qismdagi yo‘l quvuri bundan buyongi hajm va bosim imkoniyatining texnik sinovini o‘tkazish uchun gazga to‘ldirildi”, deyiladi ma’lumotda.
Kompaniyadan aytilishicha, gaz tarmog‘i ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiya uchun texnik va sohaviy me’yorlarga muvofiq mustaqil sertifikatsiyadan o‘tkazilgan.
Ikkinchi yo‘lda ish olib borilmoqda.
“Avvalroq Daniya energetika agentligi gaz tarmog‘i foydalanishga tayyorligi, lekin dastlabki yo‘l ishga tushishi ancha kuch sarflanishi lozimligini ma’lum qilgandi”, deyiladi “Lenta.ru” xabarida.