Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shimoliy Makedoniyada yelim xaltadan foydalanish taqiqlanadi
10:46 / 2021-10-05

“Shu yilning 1 dekabridan boshlab Shimoliy Makedoniyada yelim xaltalardan foydalanish taqiqlanadi. Buning o‘rniga atrof-muhitni ifloslantirmaydigan paketlar sotuvga chiqariladi”, deyiladi “Telegrafi Maqedoni” alban yangiliklar agentligi xabarida.

Yangicha paketlar sotuvidan tushgan mablag‘ maxsus ekologiya fondiga o‘tkaziladi. Bir martalik plastiklardan foydalanishga Pelister, Mavrov va Sharreda taqiq qo‘yiladi.

Aytish joizki, G‘arbiy Bolqon davlatlarida havoning ifloslanishi jiddiy muammo hisoblanadi.

Yana bir muammo noqonuniy chiqindixonalarning ko‘payishidan iborat.

Chiqindini qayta ishlovchi mintaqaviy markazlar hali ish boshlamagan.