Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shimoliy Makedoniyada muhojirlar kontrabandasi bilan shug‘ullangan olti kishi hibsga olindi
19:00 / 2021-06-03

Shimoliy Makedoniya politsiyasi Skopeda migrantlar kontrabandasi bilan shug‘ullanayotgan uyushgan jinoiy guruhni qo‘lga olganini aytmoqda.

Xabar berilishicha, jinoiy guruh o‘zlarini «alpinistlar» deb tanishtirib, Gretsiya orqali Yaqin Sharqdan qochqinlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Skopening o‘n bir joyida, shuningdek Veles, Shtip, Strumitsa va Valandovo shaharlarida tintuv o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, 26 yoshdan 56 yoshgacha bo‘lgan olti nafar fuqaro hibsga olingan.

Mamlakat politsiyasi tekshiruvlar chog‘ida pul, mobil telefonlar, SIM-kartalar, yarim kilogramm giyohvand modda va boshqa shu kabi noqonuniy ashyolarni musodara qilgan.

Noqonuniy muhojirlar mamlakatga Gretsiya chegaralaridan olib o‘tilayotgani ma’lum bo‘ldi.