Shimoliy Koreyada uzoq masofaga uchiriluvchi yangi qanotli raketa sinovin muvaffaqiyatli o‘tdi
Janubiy Koreyaning “Yonhap” gazetasi bu haqda shimolliklarning Markaziy telegraf agentligi ma’lumotiga asoslanib xabar bergan.
Ma’lumotda ikki yil davomida yangi strategik qurol ishlanmasi ustida ish olib borilgani aytilgan.
Sinovlar shanba va yakshanba kunlari o‘tkazildi. Shimoliy Koreya rahbariyati turli dvigatellarni, boshqaruv tizimi, shuningdek, jangovar kallaklarni sinab ko‘rgan. “Uchirilgan qanotli raketalar 7580 soniya parvoz qilib, 1500 kilometrdagi nishonni ishg‘ol etdi”, deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, bunday sinovlarni Pxenyan oxirgi marta mart oyida o‘tkazgandi.