Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shimoliy Koreya yetakchisi Janubiy Koreya bilan aloqa munosabatlarini tiklash tashabbusini bildirdi
10:19 / 2021-10-04

Koreya xalq demokratik respublikasi va Janubiy Koreya o‘rtasidagi barcha aloqa kanallari tiklanadi, deyiladi “Yonhap” agentligi xabarida.

Unga ko‘ra, bugun tongdan mana shu tartib ishga tushgan.

Mazkur tashabbus shimolliklar yetakchisi Kim Chen In tomonidan Oliy xalq majlisi sessiyasida ilgari surilgan.

Janubiy Koreyada bu tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.

Avvalroq janubliklar hukumati shimol bilan muzokaralarda bildiriluvchi aniq takliflar bo‘yicha AQSH ma’muriyati bilan maslahatlashgani haqida xabar berilgandi.