Shimoliy Koreya yana raketa uchirdi
Shimoliy Koreya raketa sinovini davom ettirdi, 6 oktyabr kuni Yaponiya dengizi tomon yana ikkita qisqa masofali ballistik raketa uchirildi, deya xabar bergan “Yonhap” agentligi.
Raketalardan biri maksimal 80 kilometr balandlikda 350 kilometrga, ikkinchisi esa maksimal 60 kilometr balandlikda 800 kilometr masofaga uchgan.
Bu amaliyotni Yaponiya hukumati ham tasdiqladi.
Janubiy Koreya Qurolli kuchlari ayni hatti-harakatni “jiddiy provokatsiya”, deb atadi va bu “nafaqat Koreya yarim orolidagi tinchlik va barqarorlikka, balki xalqaro hamjamiyatga tahdid soladi”, dedi.
Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida KXDRning qisqa vaqt ichida qayta-qayta raketa uchirishini “umuman qabul qilib bo‘lmas” hol sifatida baholadi.
Pxenyan 25 sentyabrdan beri olti marta raketa sinovini o‘tkazdi.
Bunga javoban, AQSH va Janubiy Koreya 5 oktyabr kuni ikki bor “yer-yer” raketasini sinab ko‘rdi.