Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shimoliy Koreya Ukrainaga qo‘shin yubormoqda
14:53 / 2024-10-14

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanba kuni xalqqa qilgan kundalik murojaati chog‘ida KXDR Rossiya qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qurol-yaroq va askar yuborayotganini aytgan. U mamlakatning g‘arblik hamkorlar bilan munosabatini yanada chuqurlashtirish, qarama-qarshi tomonlarga shu orqali bosim o‘tkazish kerakligini ham qo‘shimcha qilgan.

– Ukraina uchun oddiy harbiy aslaha emas, ko‘proq uzoq masofaga mo‘ljallangan qurol-yaroq zarur, – dedi yetakchi. – Bu Rossiya bardosh bera oladiganidan-da, kuchliroq bo‘ladi. Natijada kattaroq urushning oldi olinadi.  

Ukraina rahbari o‘zining “g‘alaba rejasi” tinchlikni kafolatlash va urushni tugatish uchun mos keladigan shartlardan iborat ekani va mamlakat maqsadini amalga oshirishda davom etishini bildirdi.  

Ma’lumki, KXDR yetakchisi Kim Chen In Vladimir Putinning asosiy ittifoqchilaridan biriga aylangan. Shimoliy Koreya Rossiya qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun askarlarini yuborayotgani haqidagi da’vo ilk bor 11 oktyabr kuni yangradi. O‘sha kuni Kiyev va Seuldagi yuqori martabali amaldorlar Shimoliy Koreya harbiy muhandislarini Ukrainani ballistik raketalar bilan nishonga olish uchun Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga jo‘natayotganini e’lon qildi. OAV xabarida, hatto, KXDR qo‘shinlarining bir qismi hozir ham Ukrainada jang qilayotgani aytilgan.

Kreml bu da’volarni rad etdi, davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskvada jurnalistlarga “Bu yana bir soxta xabar”, dedi.  

Vashington da’vo qilishicha, Pxenyan Rossiyaga o‘q-dori yuklangan 16 mingdan ortiq yuk konteynerini jo‘natgan.