Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shimoliy Koreya raketa uchirdi, AQSH bunga munosabat bildirdi
10:07 / 2022-10-04

Shimoliy Koreya mahalliy vaqt bilan 01.23 da Chagando viloyatidan Yaponiya shimoli tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “NHK” telekanali xabar berdi.

Hukumatdagi manbaga ko‘ra, raketa Yaponiyaning Tinch okeani qirg‘og‘idan 3 ming kilometr sharq tomonga tushgan. Taxminan to‘rt ming kilometr yo‘l bosib o‘tib, 20 daqiqacha havoda qolgan. Qayd etilishicha, raketa odatiy ballistik trayektoriya bo‘ylab harakatlangan.

Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyani “mintaqani beqarorlashtiruvchi harakatlardan tiyilish”ga chaqirdi.

“Biz Shimoliy Koreyani muloqot yo‘lidan borish, jiddiy va izchil diplomatiya bilan shug‘ullanish, barqarorlikni buzuvchi harakatdan saqlanishga chaqiramiz”, dedi AQSH Davlat kotibining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani masalalari bo‘yicha yordamchisi Deniyel Kritenbrink.