Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shimoliy Koreya hukumati mamlakatdagi emlash jarayonlariga to‘siqlar qo‘ymoqda
10:38 / 2021-07-05

Shimoliy Koreya hukumati mamlakatning xalqaro COVAX dasturi doirasida vaksina olishiga to‘sqinliq qilmoqda.

Bir necha oydirki, vaksinalarning mamlakatga yetkazilishiga doir ruxsat borasidagi byurokratik jarayonlar nihoyasiga yetgani yo‘q.  

Buning oqibati o‘laroq Shimoliy Koreya amalda o‘ziga o‘zi to‘siqlar yaratmoqda.  

Jumladan, hukumat vaksina yetkazib beruvchi mutaxassislarni mamlakatga qo‘ymoqchi emas. Bundan tashqari, hukumat vaksina salbiy alomatni namoyon qilsa, bundan voz kechishga doir hujjatni ham imzolamagan.  

“Lenta.ru” xabariga ko‘ra, shimolda vaksina saqlovchi omborlar yetishmaydi, hukumatning bu boradagi ko‘magi esa, kechikmoqda.