Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug harbiylari sirdaryoliklarga yordam berish uchun yoʻlga chiqdi
13:56 / 2020-05-03

Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi


Bugun, 3-may kuni Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligining buyrugʻi bilan 300 nafardan ziyod harbiy xizmatchi hamda 10 dan ortiq harbiy texnikalar Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori toʻgʻonining oʻpirilishi oqibatida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida shoshilinch yoʻlga chiqdi.

Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi

Harbiy va maxsus texnikalar temir yoʻl platformalariga yuklangan holda Nukus shahridan transportirovka qilinmoqda. Harbiy xizmatchilar esa maxsus reysga qoʻyilgan poyezdda yoʻlga chiqishgan.

Taʼkidlash joizki, Mudofaa vazirligining barcha harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonliklari Sirdaryoda yuzaga kelgan vaziyatda amaliy yordam berish maqsadida harbiy xizmatchilar va harbiy texnikalarni yuborishni boshlagan.