FOTOREPORTAJ
Xorazmda “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi.
Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiluvchi “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining mazkur bosqichida shahar va tumanlardan saralangan 130 nafar 18-22 yoshli yigit-qiz ishtirok etdi.
[gallery-23974]
Ishtirokchilar turnikda tortilish, yugurish, granata uloqtirish, avtomatni qismlarga ajratish, merganlik kabi shartlarda o‘zaro bellashdi.
Shovot tumanining “Jaloliddin Manguberdi” jamoasi birinchi, Yangibozor tumanining “Shijoatli yoshlar” jamoasi ikkinchi, Urganch tumanining “Yuqori ovul” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA