Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shijoat va intilish maydoni
13:29 / 2015-11-30

Joriy yil namanganlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli yakunlanmoqda. Ayniqsa, Osiyo va jahon miqyosidagi bellashuvlarda viloyatdagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari tarbiyalanuvchilariqo‘lga kiritayotgan yutuqlar e’tirofga sazovor.

Sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha viloyatda 24 seksiya faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda 800 ga yaqin yoshlar shu yo‘nalishda mahorat sirlarini o‘rganayotir. Ulardan biri — Namangan shahridagi 32-bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Abrorbek Nuriddinov Rossiya Federatsiyasida yoshlar o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Tajribali murabbiy Doniyor Dolimov ko‘magida professional mahoratini oshirayotgan yosh sportchi kelgusida bundan-da yuqori marralarga erishishni maqsad qilgan.