Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifoxonaning 70 yilligi nishonlandi
16:55 / 2024-05-14

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi viloyat ftiziatriya va pulmonologiya shifoxonasi o‘tgan asrning 50-yillarida tuberkulyoz dispanseri maqomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan. 60-yillarga kelib, 800 o‘rinli viloyat sil kasalliklari shifoxonasi sifatida qamrovini kengaytirgan. 1970 yilda loyiha asosida qayta qurilgan.

Mazkur shifoxonaning o‘pka kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga xizmat ko‘rsatayotganiga bu yil 70 yil to‘ldi. Ushbu yubeliy sana munosabati bilan shifoxonada tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.  

Tuman hokimligi mas’ullari va ustoz shifokorlar jam bo‘lishdi. Dastlab shifoxona tarixi aks ettirilgan videorolik tomosha qilindi. Tarix va ustoz shifokorlar yodga olindi.  

Shundan so‘ng bayram dasturxoni tashkil etilib, uzoq yil faoliyat ko‘rsatgan va hozir nafaqada umrguzaronlik qilayotgan faxriy ustozlar taqdirlandi.  

– Bu shifoxona 1954 yilda tashkil topgan, – deydi Jovli Rahmonov. – Ishga 80 yillarda kelganman va o‘sha paytdagi holatni yaxshigina eslayman. Sharoitlar nochor edi. Shu yerda ishlayotganimga 40 yildan oshdi va bugungi davr bilan oldingisini qiyoslab bo‘lmaydi. Zamonaviy texnologiyalar kirib keldi va bu bemorlarga yuqori aniqlikda tashxis qo‘yishga imkon bermoqda.  

Ta’kidlash lozimki, shifoxona mustaqillik yillarida bir necha bor modernizatsiya qilindi. Xususan, 2014-2015 yillar shifoxonaning moddiy texnika bazasini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan  shifoxona investitsiya dasturiga kiritilib, kapital ta’mirlandi.  Tibbiy asbob - uskunalar  bilan to‘liq  jihozlandi. 2020 yildan boshlab 250 o‘ringa qisqartirilib, viloyat ftiziatriya shifoxonasi nomi bilan faoliyat yuritdi. Davlatimiz rahbarining 2023 yil dekabrdagi tegishli qarori asosida shifoxona viloyat ftiziatriya va pulmonologiya shifoxonasi maqomini olib, 250 o‘rin bilan o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.  

[gallery-17399]

– Hozirgi vaqtda shifoxonamizda yettita bo‘lim – qabulxona, 1-ftizioterapiya bo‘limi (dorilarga sezgir sil bilan kasallangan  bemorlar) – 40 o‘rin, 2-3-ftizioterapiya  bo‘limi (dorilarga chidamli sil bilan kasallangan bemorlar va palliativ bemorlar)  – 50 o‘rin, pulmonologiya va tashxislash bo‘limi –40 o‘rin, bolalar bo‘limi– 40 o‘rin, torakal jarrohlik bo‘limi– 40 o‘rin, o‘pkadan tashqari jarrohlik bo‘limi– 40 o‘rin faoliyat ko‘rsatyapti, – deydi  bosh shifokor Nutfulla Sayfullayev. – Barcha bo‘limlar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ayniqsa pandemiya davrida shifoxonamiz xalqimizga beminnat xizmat qildi. 2021 dan hozirga qadar yosh kadrlarning salohiyati, ustozlarning ko‘magi bilan 80 turga yaqin jarrohlik amaliyoti bajarilmoqda. Shundan 6 xili yuqori texnologik operatsiyalar hisoblanadi. Boshqarmamizning tashabbusi bilan 2021 yildan to 2023 ilning oxirigacha postkovitniy reabilitatsiya bo‘limi ochilib, nogiron bo‘lishi ehtimoli bor kasallar shu yerdan shifo topib, o‘z hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirmoqda. Ayni paytda bu yerda 450 nafar xodim ishlasa, shundan 20 nafardan ziyodi oliy toifali shifokorlardir.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),

O‘zA muxbirlari