English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifoxonalardagi vakant lavozimlarga talabalarni ishga joylashtirishga ruxsat berildi
11:21 / 2022-11-01

Bugun 1 noyabrdan boshlab shifoxonalardagi vakant lavozimlarga talabalarni ishga joylashtirishga ruxsat beriladi. Vazirlar Mahkamasining joriy yil 3 oktyabrdagi "Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi hokimliklar bilan birgalikda shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlagan holda barcha hududlarda mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radi.

Hududiy tibbiyot muassasalaridagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, u yerga talabalarni joylashtirish birinchi bosqichda 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022 yil 1 noyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida boshlanadi.

Tibbiy yo‘nalishda bakalavriat bosqichini bitiruvchi talabalarga tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari va tibbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari biriktiriladi.    

 

O‘zA