Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifoxonadagi bemorlar holidan xabar olindi
12:17 / 2022-08-31

Sirdaryo viloyatida mana bir necha yildirki bayramlar arafasida viloyat, shahar va tumanlarning sektor rahbarlari shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar holidan xabar olishi odat tusiga kirgan.

Ushbu ezgu ishlarning uzviy davomi sifatida "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida mustaqillik shodiyonalari oldidan viloyat hokimi o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari viloyatdagi mavjud tibbiyot muassasalarida bo‘lib, u yerda davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi. Ularga bayram sovg‘alari ulashildi.

– Sirdaryo tumanidagi Mirzo Ulug‘bek mahallasida yashayman, 4 farzandim, 9 nabiram bor, – deydi Lutfiniso Ochilova. — Menga ko‘krak bezi saratoni tashxisini qo‘yishdi. 6 oydan buyon mazkur muassasada shifokorlar nazorati ostida davolanyapman. Hozir ahvolim ancha yaxshi. Bemor uchun nima kerak? Shirin so‘z va biroz dalda. Ana shu daldani shifoxonada topdim. bugungi yo‘qlovdan so‘ng o‘zimni yanada sog‘lom, tetik his etdim.

– Bolalar onkogematologiyasi bo‘limida 16 nafar bola davolanyapti, – deydi Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining bosh shifokori Shavkat Iskandarov. – Ular ham bayram arafasida mehr-e’tibordan chetda qolmadi. Mazkur bo‘limda davolanayotgan bolalar holidan xabar olinib, ularga ham mehr ko‘rsatildi.

– Guliston shahridagi 16-umumta’lim maktabining 10-sinfida o‘qiyman, – deydi gulistonlik Ruxsora Maxammatqulova. — Shifoxonaga kelganimda ahvolim ancha yomon edi. Chunki temir tanqisligining og‘ir darajasi bilan kasallangan ekanman. Hozir yaxshiman. Shifokorlar muomalasi, muolajasidan so‘ng ancha o‘zimga keldim. Kelajakda shifokor bo‘lmoqchiman. Bemorlarga yordam berib sog‘ligini tiklasam, o‘zimni baxtiyor his etaman.

Bu kabi yo‘qlovlar shahar va tumanlarda davom etmoqda.

 

Sh.Suyarov, O‘zA