Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokorning qonuniy talabi qondirildi
16:29 / 2025-08-21

Mirzaobod tumani tez tibbiy yordam shifokori Nurbek Abdurahmonovning mehnat huquqi tiklandi. Unga ish beruvchi tomonidan o‘tgan davrlarda to‘lanmay qolgan ustama haqlari to‘liq qoplab berildi.

Ma’lumki, tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlarini himoya qilish kasaba uyushmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati kengashiga shifokor tomonidan yo‘llangan murojaat tezkorlik bilan o‘rganib chiqildi.

Tekshiruvlar davomida 2023 yil iyul–oktyabr oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama haqi amalda berib borilmagani ma’lum bo‘ldi. Murojaat yuzasidan kasaba uyushmasi Respublika kengashining Sirdaryo viloyati bo‘yicha mehnat huquqi inspektori A.Albekov ish beruvchiga rasmiy ko‘rsatma yo‘lladi.

Natijada Respublika tez tibbiy yordam markazi Sirdaryo viloyati filiali tomonidan shifokorga o‘tgan davr uchun 7 million 325 ming 418 so‘m ustama haqi to‘lab berildi.

Shu tariqa kasaba uyushmasi ko‘magida Nurbek Abdurahmonovning qonuniy talabi qondirildi. Bu holat sog‘liqni saqlash tizimida har bir tibbiyot xodimining mehnat huquqlari ishonchli va kafolatli ravishda himoya qilinayotganini ko‘rsatadi.  

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri