French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokorlikka ishga joylashish 1500 AQSH dollarimi?
11:11 / 2023-02-14

Buxoroda ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Natijada fuqaro N.L. fuqaro F.R.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga shifokor vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

Zarif Komilov, O‘zA