French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokorlarning koronavirusni ommaviy yuqtirib olgani tekshiriladi
20:16 / 2020-04-09

Maʼlumki, Oʻsh viloyatida tibbiyot xodimlari ommaviy ravishda koronavirus infeksiyasiga chalingan edi. Bu haqda Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qilgan.


Oʻsh shahridagi infeksion vaziyat mutaxassislar tomonidan oʻrganiladi. Maʼlumki, Oʻsh viloyatida tibbiyot xodimlari ommaviy ravishda koronavirus infeksiyasiga chalingan edi. Bu haqda Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qilgan.

Taʼkidlanishicha, tibbiyot xodimlarining virusni yuqtirishi bilan bogʻliq har bir holat oʻrganiladi. Maʼlumotga koʻra, yuqtirganlar orasida shifokor va hamshiralar, infeksionistlar, laborantlar, epidemiologlar, oshxona va kir yuvish xodimlari ham bor.

8-apreldan Qirgʻizistonda COVID-19ni yuqtirish xavfi boʻlgan hududlarda ishlayotgan tibbiyot xodimlariga mart oyi uchun tovon toʻlash boshlandi. Toʻlov puli ikkita toifaga – karantin-kazarma holatida boʻlgan xodimlar va kunduzgi navbatchilik jadvali boʻyicha ishlayotganlar uchun toʻlanmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, shifokorlar 46 ming somgacha (540 dollarga yaqin), oʻrta tibbiyot xodimlari 41 ming somgacha, kichik xodimlar 38 ming somgacha, kunduzgi jadval asosida navbatchilik qiladiganlar 29 ming somdan tovon puli oladi. Toʻlovlarda tibbiyot xodimining toifasi va yuqtirish oʻchogʻida boʻlgan vaqti eʼtiborga olinadi.