Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokorlar o‘smir hayotini saqlab qoldi
12:36 / 2025-06-12

Bir yilda Respublika Shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bolalar jarrohligi bo‘limiga  taloq yorilishi bilan 18 va jigar yorilishi bilan 10 dan ortiq bolalar murojaat qildi. Ushbu shikastlanishlar ko‘pchilik holatlarda bolalarning balandlikdan pastga yiqilib tushishi, avtotravmalar yoki predmetlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri urilishi natijasida kelib chiqmoqda.

– o‘n olti yoshli o‘smir ot tepishi natijasida shikastlanib 10 soatdan keyin Shofirkon tumanidan bolalar jarrohligi bo‘limiga olib kelindi, – deydi markaz direktori M.Rajabov. – Bolaning ahvoli o‘ta og‘ir, shok holatida, qon bosimi juda past edi. Bemor bolalar jarrohlari va anesteziologlari tomonidan operatsiyaga olindi. Jarrohlar  o‘z vaqtida, jigarni tikishni iloji yo‘q bo‘lsa-da, katta mahorat va tajribaga tayanib jigar jarohatini tiklab qon ketishni to‘xtatdi. Bemorga 2,5 litrdan ortiq qon va plazma qo‘yildi.

O‘smirning hayotini saqlab qolish uchun markaz direktori boshchiligida 20 dan ziyod vrachlar kurashdi. Ko‘rsatilgan jasorat natijasida bir o‘smirning hayoti saqlab qolindi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.