Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokorlar Navalniyning sog‘lig‘idan tashvishda
20:41 / 2021-04-06

Rossiya muxolifatchisi Aleksey Navalniy salomatligi tufayli aziyat chekyapti. Ahvoli tashvishlanarli ekanligi sababli shifokorlar mahbus saqlanayotgan qattiq tartibdagi qamoqxonaga borishlariga to‘g‘ri keldi.

IK-2 koloniyasiga yetib borgan malakali shifokor Anastasiya Vasilevaning ta’kidlashicha, Aleksey Navalniyga tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 44 yoshli muxolifat yetakchisi oyoq va orqa qismidagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Navalniy avvalroq qamoqxonada ba’zi mahbuslar sil kasalligiga chalinganini ma’lum qilgan edi.

Rossiyalik muxolifatchi ijtimoiy tarmoqda ham uch nafar mahkum sil kasalligi bilan kasalxonaga yotqizilgani to‘g‘risida xabar tarqatgan. Qolaversa, u qamoqxonadagi sharoitni ham tanqid qilgan.

Shifokorlar bergan ma’lumotga ko‘ra, qattiq yo‘talayotgan Navalniyning tana harorati 38,1 darajaga teng.

Uning ittifoqchisi – Korrupsiyaga qarshi kurash fondi ijrochi direktori Vladimir Ashurkov muxolifat yetakchisining hayoti xavf ostida ekanini aytgan.