Shifokorlar bemorlar xizmatida
FOTOREPORTAJ
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining qabul-diagnostika bo‘limida shifokor va hamshiralar doim xalq xizmatida.
– Bugun tonggacha 362 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdik, - deydi ro‘yxatga olish bo‘limi hamshirasi Nargiza Qodirova. – Ularning holatiga qarab muolajalar belgilandi. Kimdir davolanish uchun yotqizildi. Kimdir birinchi yordamni olib oilasiga qaytdi.
[gallery-12248]
– Bo‘limimizda 230 nafar tibbiyot xodimi ishlaydi, - deydi oliy toifali shifokor A’zamxon Valiyev. – 70 nafar malakali shifokor, 100 nafar hamshira, 60 nafar kichik tibbiy xodim bir kecha-kunduzda 350-400 nafar bemorga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA