Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokorlar bemor huzuriga bordi
09:32 / 2023-01-31

Samarkand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi mutaxassislari tumanlarga borib, bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

Aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bemorlarni aniqlash va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan navbatdagi ko‘rik Toyloq tumanida bo‘ldi.  

Klinika bosh shifokori, professor Jamshid Shamsiyev boshchiligidagi yuqori malakali mutaxassislar tumanning olis qishloqlaridan markaziy poliklinikaga taklif etilgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bunda asosiy e’tibor xirurgik kasalliklar va tug‘ma nuqsonli bolalarni aniqlashga qaratildi. Tajribali urolog, bolalar jarrohi, pediatr, reanimatolog va boshqa mutaxassislar 60 nafardan ortiq bolalarni ko‘rikdan o‘tkazdi. Ko‘rik paytida turli xirurgik kasalliklari bo‘lgan 23 nafar bemor bolalar aniqlanib, ularni klinikada sog‘lomlashtirish tavsiya etildi.  

 

G‘. HASANOV,  

O‘zA