English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokor pora bilan qo‘lga tushdi
15:05 / 2024-05-13

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi shifokor nogironlik nafaqasiga chiqishda yordamlashish maqsadida 200 dollar talab qildi.

Ma’lum qilinishicha, tuman tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi sifatida faoliyat olib boruvchi shaxs bir fuqaroga vakolatli tanishlari orqali nogironlik nafaqasiga chiqishda kerakli bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qiladi.  

Joriy yil 25-aprelida Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari davomida ushbu shaxs tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikaning ma’muriy binosida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlandi.  

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri