Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokor: jamoat transportlarida virus tarqalishiga qarshi kurashishda qoʻlqoplar oʻrniga azon gazidan foydalanish mumkin (VIDEO)
14:25 / 2020-10-25

Bu haqida Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti, Xalqaro ilmiy akademiya va Xalq tabobati akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston ixtirochilar jamiyati aʼzosi Alijon FAQIROV bilan suhbatlashdik.


Xabaringiz bor, dushanba kuni – 26-oktyabr sanasidan boshlab, turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yoʻnalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlish tartibi joriy etildi.

Endilikda yoʻlovchilar metro stansiyalariga kirishda, avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qoʻlqoplarni olishlari mumkin.

Biroq, bizga uning qayerdan olish, kim tarqatishi yoki Transport vazirligining bunday talab qoʻyishga haqi bor yoki yoʻqligi emas, qoʻlqopning inson salomatligiga taʼsiri koʻproq qiziq.

Bu haqida Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti, Xalqaro ilmiy akademiya va Xalq tabobati akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston ixtirochilar jamiyati aʼzosi Alijon FAQIROV bilan suhbatlashdik.

– Jamoat transportida qoʻlqopdan foydalanish haqidagi qaror mutlaqo notoʻgʻri,– deydi A.Faqirov.– 30 yildan buyon jarrohlik amaliyotida ishtirok etaman. Agar 2 soat davomida jarrohlik amaliyotida ishtirok etsak, qoʻlqoplarni yechgandan keyin qoʻlimiz 5-6 daqiqa uyushib turadi. 8-9 soat davomida foydalansak, teri nafas olmagani hisobiga qoʻlimizning terisi oq yemi boʻlib qoladi.

Qoʻlqop talabini kim oʻylab topgan boʻlsa, bir kun uni taqib yurib koʻrsin. Axir, bizning terimiz kislorod olishga moslashgan. Uning 3 foizi teri orqali almashadi.

– Qoʻlqoplardan qaysi muddatlarda foydalansak inson sogʻligiga uchun salbiy taʼsir qilmasligi mumkin?

–Toʻgʻri, oyoq-qoʻl toʻqimalari nisbatan chidamli. Misol uchun, yurakka kislorod bormasa 20 daqiqada, miyaga 3 daqiqa bormasa toʻqimalar nobud boʻladi. Qoʻldagi toʻqimalar 1-2 soat chidaydi. Shu bois qoʻlqoplarni ikki soatdan ortiq taqish mumkin emas. Qiziq, koronavirus qoʻl orqali yuqmaydi-ku, u havo tomchi shaklida nafas yoʻllari orqali yuqadi. Qoʻl orqali sariq kasal, gijjalar yuqishi mumkin.

– Aholining sogʻligʻini saqlash maqsadida qanday tavsiyalar berish mumkin. Aytaylik, qoʻlqop oʻrniga qanday muqobil tanlovlar bor?



–Albatta, xalqimizning choʻntagiga ham, davlat byudjetiga ham zarar yetkazmaydigan bir nechta yoʻli bor. Jamoat transporti parkida avtobuslar yoki metro vagonlariga azon gazini haydash kerak. Bu juda arzon va ekologiyani ham buzmaydi. Undan ham arzoni avtobus va vagonlarga kvars lampalar oʻrnatish. Biz jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladigan xonaga kuniga 15 daqiqadan uch marta uni yoqamiz. 

Xonani zararsizlantirish uchun. Kvars lampalar vagonda 15 daqiqadan yoqib turilsa, mikroblar qolmaydi. Bu qoʻlqop yoki azon haydashdan yoki xlor bilan atrofni artishdan 100 barobar arzonga tushadi. Odamlar qoʻli bilan koʻp ushlaydigan joylarni konduktorlar kuniga uch marta xlor eritmasi bilan artsa yetadi.

–Bu jarayonda yoʻlovchilardan nima talab etiladi?

– Bu vaqtda yoʻlovchilar niqob rejimiga amal qilishi, oʻrindiqlarni boʻlar-boʻlmasga paypaslab qoʻli bilan ushlamasligi kerak. Chunki, qoʻlni tegizmay ham oʻtirsa boʻladi. Tikka turganlar tepa qismdagi tutgichlarni ushlashga majbur.

Bundan 33 yil muqaddam professor Zokirov bizga dars oʻtish jarayonida har qanday virusli infeksiya,grippmi yoki boshqasimi kasallik aholining 70 foiziga tarqalmaguncha karantin yoki boshqa choralar natija bermaydi, deb aytgan edi. Bu gaplarning isbotini bugun koʻrib turibmiz. Aholining katta qismi zararlandi, virus yuqtirdi. Endi aholida ijtimoiy immunitet paydo boʻladi va kasallik kamayadi. Oddiy gripp epidemiyasida ham yiliga 4-5 foiz oʻlim kuzatilgan.