Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifokor “Covid-19” tekshiruvi natijasini soxtalashtirmoqchi bo‘ldi
14:07 / 2021-07-26

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida, Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi virusolog shifokori, fuqaro R.G‘. “COVID-19” tekshiruviga fuqarolardan tahlil uchun namuna olmasdan, “ACER” rusumli kompyuter texnikasidan foydalanadi.

Natijada PSR namunalari uchun elektron bazaga soxta tibbiy ma’lumotlarni kiritib, evaziga ikki nafar fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 300 ming so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan R.G‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Zarif Komilov, O‘zA