Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish, qayta ishlash va ularning tibbiyotdagi ahamiyati
21:24 / 2022-06-01

bugungi kunda mamlakatimizda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 maydagi “Dorivor o‘simliklar xom ashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlandi.

1 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tomonidan Poytaxtimizning Sirg‘ali tumanida joylashgan “Flowers garden” ko‘rgazma maydonida dorivor o‘simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qo‘llab-quvvatlash, dorivor o‘simliklarni qayta ishlashni tashkil etish, shuningdek, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o‘simliklarni keng qo‘llash maqsadida “Shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish, qayta ishlash va ularning tibbiyotdagi ahamiyati” mavzusidagi ilmiy- amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda sohaga aloqador vazirlik va idoralar, xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutasaddi rahbarlari hamda Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy-ishlab chiqarish institut olimlari, mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar davomida dorivorchilik sohasini rivojlantirish, ilm-fan va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, dorivor o‘simliklar asosida dori vositalari va ularning tibbiyotdagi ahamiyatini o‘rganish borasida ilm-fan yutuqlari, fuqarolar salomatligini ta’minlashda xalq tabobatining rolini oshirish borasidagi vazifalar mavzusida taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

N.Usmonova, O‘zA muxbiri