Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHTning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
20:28 / 2022-05-20

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT)ning Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishi ishtirokchilari oktyabr oyida SHHT MATT Kengashi yig‘ilishida rasman qabul qilinadigan terrorizmga qarshi kurash choralari to‘g‘risida kelishib oldilar. Bu haqda “TASS” Rossiyaning Hindistondagi elchixonasi ma’lumotiga tayanib xabar qildi.

19 may kuni Nyu-Dehlida SHHT MATT yuridik va texnik ekspertlar guruhi to‘plandi. Uchrashuvda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ko‘rib chiqildi. Kelgusi yig‘ilishda hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shanxay hamkorlik tashkilotining mazkur mintaqaviy birlashmasi terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashni muvofiqlashtiradi. Xususan, xalqaro terrorchi tashkilotlar va shaxslar to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar zaxirasi, yagona qidiruv reyestrini shakllantiradi. Salbiy holatlarga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassis va instruktorlar tayyorlash faoliyatiga ko‘maklashadi. Shuningdek, terrorchi bo‘linmalar, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etadi.

Ulug‘bek Mahmirzayev, O‘zA