French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHTning Samarqand sammiti matbuot markazida qaynoq ish jarayoni
11:52 / 2022-09-15

Shu kunlarda dunyo hamjamiyati e’tibori Samarqandga qaratilgan desak mubolag‘a emas.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitini yuzlab mahalliy va xorijiy jurnalistlar yoritib bormoqda.

Sammitda 15 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi bu jarayonlarni keng va tezkor yoritish nechog‘lik ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi.

[gallery-8793]

Tadbirlarni tezkor va xolis yoritishda qulaylik yaratish maqsadida Samarqand shahridagi Yoshlar markazi binosida mahalliy jurnalistlar uchun matbuot markazi tashkil etildi.

Markazda yuzga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillarining bir vaqtda faoliyat olib borishlari uchun zarur sharoit yaratilgan. Zamonaviy kompyuter jamlanmalari tezkor internetga ulangan. Bu yerda jurnalistlarga sammit bilan bog‘liq tadbirlar yuzasidan ma’lumot berish bilan birga, mahalliy va xorijlik ekspertlar, mutaxassislar ishtirokida suhbatlar, SHHT majlisi kun tartibidagi masalalar yuzasidan muloqotlar tashkil etilmoqda.

Jurnalistlar tayyorlayotgan materiallarda nafaqat sammit jarayonlari, balki Samarqand shahridagi o‘zgarishlar, hududning sayyohlik salohiyati ham keng qamrovda aks etmoqda.

Ikrom Avvalboyev, Muqimjon Qodirov(surat), O‘zA