Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHTning maqsadi xavfsizlikni ta’minlash orqali taraqqiyotga erishish (+video)
22:08 / 2022-09-14

Bu haqda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha Milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov O‘zAga bergan intervyusida ta’kidladi. U, shuningdek, mamlakatimizning tashkilotga raisligi doirasida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berdi:

– Tashkilotning maqsadi xavfsizlikni ta’minlash orqali taraqqiyotga erishish. O‘zbekiston bu konsepsiyani yigirma yildan buyon qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Shu nuqtai nazardan SHHTga raisligimiz doirasida o‘tkazilgan saksondan ortiq tadbirlar mazkur g‘oyani yana bir tasdiqlaydi.

Raislik, qolaversa, O‘zbekistonning mintaqadagi, global arenadagi mustahlanib borayotgan o‘rnini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Boisi, ishtirokchilar formati, qabul qilinayotgan hujjatlar mazmunidan kelib chiqadigan bo‘lsak, Samarqand sammiti tarixiy ahamiyatga molik siyosiy voqea sifatida e’tirof etilmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EIb-lwTgEKE" title="SHHTning maqsadi xavfsizlikni ta’minlash orqali taraqqiyotga erishish" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

A’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro yechimini topmagan muammolar, aynan, hamkorlik orqali hal qilinadi. Ular loyihalar sifatida amalga oshiriladi va bir necha yil deganda o‘z samarasini beradi, deyish mumkin.

Yana bir jihat: raislik davrida Samarqandning turistik brendi jahon bo‘ylab yanada keng tarqaldi, bu keyinchalik ham davom etadigan jarayon. Masalan, “Qadimiy Samarqand”, “Yangi Samarqand” – bu, albatta, xorijiy sayyohlarda qiziqish uyg‘otadi.

Iqtisodiy tomondan qaraydigan bo‘lsak, sammit doirasida qator ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hujjatlar imzolanadi. Ya’ni, SHHT formatida savdo, iqtisodiyot, sanoat kooperatsiyasi, transport o‘zaro bog‘liqlik kabi sohalarda dasturiy kelishuvlarga erishiladi. Natijada bu O‘zbekistonga yirik loyihalar, aniq sarmoyalar sifatida qo‘shimcha mablag‘, texnologiya va intellektual mahsulotlarning ortishiga zamin yaratadi.

Yuqorida qayd etilgan jihatlarni bir qaraganda anglash qiyin, chunki anjuman natijalari raqamlar va miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanmaydi. Bular ikki va ko‘p tomonlama strategik sheriklik asosida yillar davomida shakllanib kelayotgan tushuncha.

Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA