Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kimlar bilandir do‘stlashib, boshqalarga qarshilik ko‘rsatish uchun emas, balki davlatlar bilan hamkorlik qilish va uni rivojlantirish maqsadida tuzilgan. Shuning uchun uni NATO bilan solishtirish noto‘g‘ri, dedi Rossiyaning SHHT Kotibiyatidagi doimiy vakili Natalya Stepkina.
“SHHTni NATO bilan birinchi marta solishtirilmayapti va biz bu masalada g‘arblik hamkorlarga ergashmasligimiz kerak. Bunday chiqishlardan maqsad NATOning urushqoq xarakterini yumshatish uchun qilinmoqda”.
Uning ta’kidlashicha, NATO “har qanday holatda ham yechimni kuch bilan hal etadigan, ta’sir zonalarini taqsimlashga asoslangan harbiy blokdir”.
“Biz mamlakatlarning milliy manfaatlari geosiyosiy vaziyatning qurboni bo‘layotganini juda yaxshi ko‘rib turibmiz”, dedi Stepkina.
“SHHTga keladigan bo‘lsak, bu tashkilotning mohiyati butunlay boshqacha va uning nizomida harbiy blok emasligi, uning faoliyati uchinchi davlatlar va tashkilotlarga qarshi qaratilmaganligi aniq beligilab qo‘yilgan”.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, “SHHT konsensus tamoyillari, o‘zaro hurmat, turli madaniyatlar e’tirofi, ijtimoiy-madaniy an’analar asosida faoliyat olib boradi”.