Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT yetakchilari tomonidan Samarqand deklaratsiyasi imzolandi
20:40 / 2022-09-16

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar sammit yakuni bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini imzoladilar.

Hujjatdagi asosiy bandlar quyidagilardan iborat:

Mamlakatlar SHHTning boshqa davlatlarga va xalqaro tashkilotlarga qarshi yo‘naltirilmaganligini, shuningdek, tasdiqlashdi hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda hamkorlik uchun ochiq ekanini ta’kidlashdi;

***

Jahon savdo tashkiloti samaradorligini oshirishga va zamonaviy iqtisodiy reallikni hisobga olgan holda tashkilotni isloh qilishga chaqiradi;

***

Mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirish, terrorchi va ekstremistik tashkilotlarning yagona ro‘yxatini yaratish xohishini bildirishib, birgalikda “Tinchlik missiyasi” aksilterrorchilik qo‘mondonlik-shtab mashqlarini o‘tkazish muhimligini ta’kidlashdi;

***

Ayrim mamlakatlar tomonidan bir tomonlama raketalarga qarshi mudofaaning global tizimini kuchaytirib borishini qoralashdi. Ularning fikricha, bu xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka salbiy ta’sir yetkazadi;

***

A’zo davlatlar bir ovozdan AKT sohasini militarizatsiyalashga qarshi chiqdilar va BMT shafeligida AKTdan jinoiy maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konvensiyani ishlab chiqishga kirishishni qo‘llab-quvvatladilar;

***

Kimyo qurollarini yaratish, ishlab chiqarish, to‘plash va qo‘llashni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiyasiga amal qilishga chaqirildi;

***

Kosmosni quroldan xoli tutish qo‘llab-quvvatlandi va ta’kidlandiki, koinot kengliklarida qurollanish poygasini bartaraf qila oladigan xalqaro yuridik majburiyat yuklaydigan hujjat imzolanishi maqsadga muvofiqdir;

***

Eronning yadro dasturi bo‘yicha harakat rejasini amalga oshirish muhimligi tan olindi, a’zo davlatlar yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnomaning bandlariga og‘ishmay amal qilinishi tarafdori ekanini ma’lum qilishdi;

***

Afg‘onistonda barcha etnik, diniy va siyosiy guruhlar vakillari ishtirokida inklyuziv hukumat tashkil etilishi zarurligi ta’kidlandi;

***

Startaplar va innovatsiyalar bo‘yicha maxsus guruh tashkil etishga hamda kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha va an’anaviy tibbiyot bo‘yicha guruh tashkil qilishga kelishildi;

***

Sammitda “SHHTning yaxshi niyat Elchisi” unvoni tasdiqlandi;

***

A’zo mamlakatlar yetakchilari 2023 yilni Turizm yili deb e’lon qildilar.

Umuman, Samarqand sammitida barcha a’zo mamlakatlar tomonidan 40 ga yaqin hujjat imzolandi, ular orasida uzoq muddatli yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani hayotga joriy qilish bo‘yicha kompleks reja ham bor.

O‘zA